EduX Logo

EduX

Oʻzbekistondagi eng nufuzli fan olimpiadalariga ishonchli tayyorgarlik platformasi. Bunda maqsad aniq, ta'lim sifatli, natija kafolatli!

EduX — bu shunchaki platforma emas.

Bu — bilim, raqobat va rivojlanishni birlashtirgan yagona muhit!

EduX — Fan olimpiadalari markazi tomonidan o'qituvchi va o'quvchilarning ilm-fanni chuqurroq o'rganishda ko'makchi bo'luvchi qulay, online platforma (yoki ta'lim brendi desa ham bo'ladi shu yerda) bo'lib, natijaga yo'naltirilgan ta'lim muhiti va olimpiadalarga tayyorlovni izchil o'rganish tartibini belgilab beradi. Platforma intellektual taraqqiyotni tizimli yondashuv orqali rivojlantirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan.

EduX sizga quyidagilarni taqdim etadi:

Real vaqt rejimiga asoslangan online-tahliliy darslar

Har bir ishtirokdan so'ng tahlil va xatolar ustida ishlash

Aniq reglament asosidagi olimpiada formatidagi testlar

Shaffof tarzda onlayn olimpiadalar

Qiziqarli viktorinalar va bilim bellashuvlari

Doimiy sovrinlar va bonuslar

Ta'limiy podkastlar

Pedagoglarning masalalar muallifligi

EduXdan foydalaning

Jonli tahliliy dars

Ekspert rahbarligida real vaqt rejimida olib boriladigan, mavzular chuqur ilmiy va mantiqiy tahlilga asoslangan, tinglovchilarning tanqidiy va mantiqiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan interaktiv ta'lim jarayonidir.

Onlayn olimpiadalar

Bu bilim va mantiqiy fikrlashni chuqur sinovdan o'tkazadigan, raqamli muhitda adolatli hamda shaffof tarzda baholashni ta'minlaydigan ta'lim tanlovlaridir.

Ta'limiy podcast

Malakali trenerlar va tajribali ustozlar bilan olib boriladigan, ta'lim, tajriba va tahlilga asoslangan vizual dastur bo'lib, tomoshabinlarning bilim doirasini kengaytiradi, kasbiy qarashlarini shakllantiradi va doimiy o'rganishga ilhomlantiradi.

Pedagoglarning masalalar muallifligi

Bu loyiha doirasida pedagoglar masala tuzishadi hamda ushbu masalani onlayn olimpiadaga mualliflik asosida joylashtirishadi.

Biz har bir o'quvchining ichki salohiyatiga ishonamiz va uni yuzaga chiqarishga yordam beramiz. Tajribali ustozlar, puxta rejalashtirilgan darslar hamda zamonaviy yondashuv orqali o'quvchilarimiz murakkab masalalarni ishonch bilan yengib, olimpiada cho'qqilarini zabt etishadi.

EduX — bu faqatgina ta'lim platformasi emas, balki bilimga bo'lgan ishtiyoq, mehnat va g'alabaga eltuvchi yo'l. Biz bilan birga o'rganing, rivojlaning va kelajagingizni bugundan bunyod eting!

EduX — olimpiadalarga puxta tayyorlovchi ta'lim platformasi.

Biz har bir o'quvchi bilan individual yondashuv asosida ishlaymiz va ularning bilimini real natijaga aylantiramiz.

Maqsad – aniq

Ta'lim – sifatli

Natija – kafolatli

Endi bahona yo'q!

Uyda o'tirgan holda ham olimpiadaga tayyorlanasiz, ishtirok etasiz va bilimingizni muntazam mustahkamlab borasiz. Har bir ishtirokchi olimpiada yakuni bo'yicha to'plagan foizdan kelib chiqqan holda ballarni qo'lga kiritishadi. Ballar doimiy jamlanib, Respublika bo'yicha reyting sistemasi shakllantiriladi. Ballaringizni ushbu reyting sistemasida doimiy kuzatib borishingiz mumkin.

Yuqori ballarni jamlagan ishtirokchilar Fan olimpiadalari markazi va EduX loyihasining maxsus sertifikatlari bilan taqdirlanadi.

Eng yuqori ball to'plagan ishtirokchilar esa Xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi Terma jamoa zahirasiga qabul qilinishi mumkin.

EduX — bilim va yutuqlar maydoni.

Bizning missiyamiz

Har bir o'quvchini fan olimpiadalarida muvaffaqiyatga erishishi uchun zarur bo'lgan puxta bilim hamda amaliy ko'nikmalar bilan ta'minlashni maqsad qilganmiz. EduX platformasi orqali o'quvchilar professional va tajribali ustozlar rahbarligida ta'lim olib, o'z bilimlarini real topshiriqlar orqali sinovdan o'tkazish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

EduX jamoasi malakali pedagoglar, shuningdek, zamonaviy texnologiyalarni chuqur biladigan dasturchilardan tashkil topgan. Biz ta'lim sifati va foydalanuvchi tajribasini doimiy ravishda oshirib borish, platformani takomillashtirish hamda yangi imkoniyatlar bilan boyitish ustida uzluksiz ish olib boramiz.

Bilimlaringizni sinab ko'ring, raqobatda o'zingizni isbotlang, yangi cho'qqilarga erishing!

Biz bilan bog'laning

Savollaringiz bormi? Biz har doim yordam berishga tayyormiz!

+998 77 550 33 66
eduxx@gmail.com
Toshkent, Yunusobod tumani